Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“ICHKI YO‘LLAR SIFATI — AHOLI ROZILIGI YO‘LIDAGI AMALIY NATIJA”
янв.21
BOLALAR KELAJAGI UCHUN MUHIM QADAM: MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA QURILISH ISHLARI NAZORATDA
янв.21
DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FARG‘ONADA KADASTR TIZIMI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
YOSHLARNI SPORTGA KENG JALB ETISH VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“YASHIL MAKON” DOIRASIDA YASHIL BOG‘ HOLATI NAZORAT QILINDI
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN HAMKORLIK MUHOKAMASI
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MOZORTAGI MFYDA YO‘L VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARI IJROSI BO‘YICHA MONITORING MUHOKAMASI O‘TKAZILDI
📌 Yakkasaroy tumanida mahallalarni o‘rganish va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda

📌 Yakkasaroy tumanida mahallalarni o‘rganish va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati mudiri Mirkasimov Djasur Alisherovich hamda 3-Damariq saylov okrugi deputati Yoqubov Nodirjon Nazirulla o‘g‘li tomonidan “Damariq” mahalla fuqarolar yig‘ini “mahalla yettiligi” a’zolari: mahalla raisi Nazokat Tashpulatova, hokim yordamchisi Aziz Masharipov, mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim Kamola Djurayeva, xotin-qizlar faoli Gulchehra Ismailova, yoshlar yetakchisi Dilshod Rayimov hamda profilaktika inspektori Javohir Iskandarov bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda hududni kompleks o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Uchrashuv davomida mahallada ijtimoiy muhitni yanada yaxshilash, fuqarolar bilan manzilli ishlash, ehtiyojmand oilalarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida aniq mexanizmlarni joriy etish, xususan, bandlikni ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb qilish, imtiyozli kredit va subsidiya imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali oilalarning daromadini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. “Mahalla yettiligi” a’zolarining asosiy vazifalaridan biri aynan kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish ekani, bu borada ularning mas’uliyati va o‘zaro hamkorligi muhim ekani ta’kidlandi.

Shundan so‘ng kotibiyat mutaxassislari Adashboyev Aziz Ag‘zam o‘g‘li hamda Abdullajonov Dilshod Komiljon o‘g‘li “mahalla yettiligi” a’zolari bilan birgalikda hududlarga chiqib, xonadonma-xonadon yurib, aholi turmush sharoitlari, muammolari va ehtiyojlarini o‘rganish, fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazib, ularning taklif va murojaatlarini tinglash belgilab olindi.

🔹 Bunday o‘rganish ishlari mahallalarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, aholining muammolarini joyida hal etish hamda davlat organlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🔹 Yakkasaroy tumanida bu kabi tizimli ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1