Uchrashuv davomida hududdagi mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, Choyko‘l OFY hududidagi Shayxqala ko‘chasida joylashgan 22 ta xonadon hali ham SIP kabel tarmog‘iga ulanmaganligi aniqlandi.
Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida deputat tomonidan Amudaryo tumani hokimi o‘rinbosari B. Ernazarov nomiga deputatlik so‘rovi kiritildi.
Fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va hududdagi muammolarni hal etish bo‘yicha ishlar izchil davom etmoqda.