Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FARG‘ONADA KADASTR TIZIMI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
YOSHLARNI SPORTGA KENG JALB ETISH VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“YASHIL MAKON” DOIRASIDA YASHIL BOG‘ HOLATI NAZORAT QILINDI
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN HAMKORLIK MUHOKAMASI
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MOZORTAGI MFYDA YO‘L VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARI IJROSI BO‘YICHA MONITORING MUHOKAMASI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA: DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
#sorov_ijrosi

DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI

 3-Samad Raximov saylov okrugi deputati, Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi deputati Xamrayev Ravshan Djabborovich tomonidan Yakkabog‘ mahallasida tungi yoritish tizimini yaxshilash masalasi ko‘tarilgan edi.

 Jumladan, mahalladagi mavjud yoritish chiroqlarini o‘rnatish, nosoz holatdagi chiroqlarni almashtirish yuzasidan 2026-yil 7-aprel kuni 25-ds-371-26-sonli deputatlik so‘rovi Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Qurbonovga yuborildi.

 Mazkur murojaat qisqa muddatda ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etildi hamda amaliy ishlar boshlab yuborildi.

 Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida mahallada tungi yoritish sifati yaxshilanib, aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishga erishilmoqda.

 Shuningdek, hududda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolarning osoyishtaligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

 Deputat tomonidan hududdagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4