Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MOZORTAGI MFYDA YO‘L VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARI IJROSI BO‘YICHA MONITORING MUHOKAMASI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA: DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA JAVOB: HUDUDDA YIRIK LOYIHALAR VA RIVOJLANISH SUR’ATI
янв.21
FARG‘ONA TUMAN KENGASHI QARORI IJROSI YUZASIDAN MONITORING
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MUAMMO HAL BO'LMOQDA — SUV YETIB BORMOQDA!
янв.21
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
Prezident topshiriqlari ijrosi: Termiz tumani hokimi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Prezident topshiriqlari ijrosi: Termiz tumani hokimi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Prezidentimizning joriy yil 24-fevral kuni yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqotida mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda "Yoshlar kuni" bo‘lishi belgilandi (https://t.me/Press_Secretary_Uz/7038). Sohaga mas’ul rahbarlarga mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoshlarni eshitish va muammosini hal qilish vazifalari yuklandi. 

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tuman yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda tuman prokurori Yodgor Bozorov, xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyat mudiri A.Avliyakulov, deputatlar Sh.Norsayev va A.Abdullayev hamda sohaga mas’ul rahbarlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari, ularni qiynayotgan muammolar tinglandi. Tuman rahbari tomonidan har bir masala alohida ko‘rib chiqilib, ularning yechimini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Muloqot yakunida ishsiz bo‘lgan, o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, o‘zini o‘zi band qilish istagini bildirgan 50 nafar yoshlarga turli asbob-uskuna va jihozlar topshirildi. Bu esa ularning daromadli faoliyat boshlashiga, bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Bu kabi "Yoshlar kuni" tadbirlari har hafta payshanba kuni tumanning barcha hududlarida o‘tkazib boriladi.

Slide 1 of 10