Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FARG‘ONADA KADASTR TIZIMI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
YOSHLARNI SPORTGA KENG JALB ETISH VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“YASHIL MAKON” DOIRASIDA YASHIL BOG‘ HOLATI NAZORAT QILINDI
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN HAMKORLIK MUHOKAMASI
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MOZORTAGI MFYDA YO‘L VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARI IJROSI BO‘YICHA MONITORING MUHOKAMASI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA: DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
#qaror ijrosi #nazorat

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining VII-39-29-10-147-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida shahar Kengashi raisi tomonidan tuzilgan ishchi guruh o‘z faoliyatini boshladi.

Joriy yilning 7-aprel kunidan e’tiboran, shahardagi murojaatlar soni nisbatan oshgan 13 ta mahalla bo‘yicha tasdiqlangan grafik asosida o‘rganish ishlari tashkil etildi. Ishchi guruh ikki tarkibga bo‘lingan holda "mahalla yettiligi" faoliyatini tahlil qilmoqda.

📍 "Saxovat" mahallasida:

1-ishchi guruh tarkibida deputatlar M.Ashurova, M.Abdullayev, Z.Pulatova, F.Matasimov, L.Baydullayeva, B.Miralimov hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi M.Begmatov mahalla tizimi samaradorligi hamda mahalla ijtimoiy xodimi, profilaktika inspektori faoliyatini o‘rgandilar.

📍 "Kimyogar" mahallasida:

2-ishchi guruh tarkibida Kotibiyat mudiri S.Qodirova, deputatlar A.Mavlonov, S.Subanov, A.Djurayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi M.Ne’matullayeva ijtimoiy xodim va profilaktika inspektori faoliyatini tahlil qildilar.

💡Maqsad: Murojaatlar bilan ishlash tizimini yaxshilash, muammolarni joyida hal etish choralarini ko‘rish va mahalla mas’ullariga uslubiy tushuntirishlar berishdan iborat.

Slide 1 of 3