Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLALAR INFRATUZILMASINI YAXSHILASH BO‘YICHA QAROR IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
янв.21
21-SESSIYAGA TAYYORGARLIK: HUDUD RIVOJIGA XIZMAT QILADIGAN MASALALAR SHAKLLANTIRILDI
янв.21
NAVBATDAGI DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FARG‘ONA TUMAN KENGASHI VA KOTIBIYATI TOMONIDAN 2026-YIL 6–10-APREL KUNLARI UCHUN BELGILANGAN ISH REJASI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi faoliyati — haftalik dayjest
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARI IJROSINI MONITORING QILISH
янв.21
FARG‘ONA TUMAN KENGASHI QARORI IJROSI BO‘YICHA SAMARALI MONITORING
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB — AMALIY NATIJALAR YAQQOL KO‘RINISHDA
янв.21
NAVBATDAGI DEPUTATLIK SO‘ROVI — NATIJA VA MAS’ULIYAT USTUVOR!
#uchrashuv

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi raisi Doniyor Karimov "Do‘stlik" mahallasi xodimlari va faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda asosiy e’tibor mahalladagi mavjud infratuzilma muammolari hamda fuqaro murojaatlarining ijro holatiga qaratildi.

Uchrashuvda Kengash kotibiyati mudiri Sevar Qodirova hamda shahar Kengashi deputati Fahriddin Matasimovlar ham ishtirok etib, quyidagi muhim masalalarni tahlil qildilar:

📂 Murojaatlar tahlili: Kelib tushayotgan arizalar va shikoyatlarni faqat qog‘ozda emas, balki joyiga chiqqan holda o‘rganish tizimi;

🔄 Takroriy murojaatlarning oldi olish: Fuqarolarni sarson qilmaslik va muammolarni birinchi bosqichning o‘zidayoq sifatli hal etish mexanizmlari;

🛠 Infratuzilma: Mahalla hududidagi yo‘l, suv va elektr ta’minoti bilan bog‘liq dolzarb masalalarga yechim izlash.

Muloqot davomida mahalla xodimlariga aholi bilan ishlashda manzillilikni ta’minlash va murojaatlarni ijro etishda mas’uliyatni oshirish bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 2