Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova Xo‘japorso MFY faollari bilan uchrashib, fuqarolar tomonidan yo‘llangan murojaatlar yuzasidan suhbatlashdi.
Uchrashuv davomida mahalla aholisini qiynab kelayotgan masala— ichki yo‘llarni asfaltlash bilan bog‘liq muammo ekani ta’kidlandi.
Deputat tomonidan murojaat atroflicha o‘rganilib, masalani hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi ma’lum qilindi.
Aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.