Marg‘ilon shahrida “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar doimiy deputatlik nazoratida.
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi tomonidan 2025-yil 12-sentabrdagi qaror asosida ajratilgan mablag‘lar doirasida 5-sonli oilaviy poliklinikada amalga oshirilgan jihozlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganishda shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari Z.G‘ofurova, doimiy komissiya raislari A.Mahkamov va X.Abdurahmonov hamda poliklinika bosh vrachi ishtirok etdi.
Ma’lum qilinishicha, tashabbusli budjet mablag‘lari hisobidan poliklinika uchun 4 ta infokiosk, 116 ta kompyuter, 56 ta planshet, 50 ta ko‘p funksiyali printer va 17 ta smart monitor xarid qilingan.