Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI FARG‘ONA TUMAN KENGASHI VA KOTIBIYATI TOMONIDAN 2026-YIL 6–10-APREL KUNLARI UCHUN BELGILANGAN ISH REJASI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi faoliyati — haftalik dayjest
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARI IJROSINI MONITORING QILISH
янв.21
FARG‘ONA TUMAN KENGASHI QARORI IJROSI BO‘YICHA SAMARALI MONITORING
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB — AMALIY NATIJALAR YAQQOL KO‘RINISHDA
янв.21
NAVBATDAGI DEPUTATLIK SO‘ROVI — NATIJA VA MAS’ULIYAT USTUVOR!
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHIM MASALALAR KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
DEPUTAT TAShABBUSI: YoShLAR UChUN KITOBXONLIKKA QADAM
Chilonzor tumanida yuzaga kelgan yong‘in holati deputat nazoratida

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati  

❗️ Chilonzor tumanida yuzaga kelgan yong‘in holati deputat nazoratida

👥 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining “28-Xaydarobod” saylov okrugi deputati Nodir Haydarov tomonidan Chilonzor tumani Beshqo‘rg‘on MFY hududida joylashgan savdo majmuasining ombor qismida yuzaga kelgan yong‘in holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilib, hudud aholisi va tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — hodisa oqibatlarini aniqlash, zarar ko‘rgan fuqarolar holatini o‘rganish hamda ularga amaliy yordam ko‘rsatish masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

🏛 Mazkur uchrashuvda ichki ishlar organlari xodimlari, mahalla raisi X.A. Yuldashev, tuman “Nuroniylar” jamg‘armasi raisi T.Q. Karimov hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida Ichki ishlar vazirligining mas’ul vakili tomonidan yong‘in oqibatida fuqarolar orasida halok bo‘lganlar yoki jarohatlanganlar yo‘qligi ma’lum qilinib, hodisa sabablarini aniqlash maqsadida maxsus komissiya tuzilib, tegishli davlat organlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilayotgani ta’kidlandi.

📝 Deputat Nodir Haydarov o‘z so‘zida yuzaga kelgan vaziyatni chuqur o‘rganish, zarar ko‘rgan tadbirkorlar va fuqarolarga zarur amaliy yordam ko‘rsatish, ularning muammolarini tezkor hal etish ustuvor vazifa ekanini qayd etdi. Shu bilan birga, mas’ul tashkilotlarga jabrlanganlarga ko‘mak berish bo‘yicha qo‘shimcha uchrashuvlar tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

🤝 Yakunda ushbu masala deputat nazoratida ekani, barcha zarur choralar ko‘rilishi hamda holat to‘liq o‘rganilib, fuqarolarning manfaatlari ta’minlanishi alohida ta’kidlandi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 4