Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MOZORTAGI MFYDA YO‘L VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARI IJROSI BO‘YICHA MONITORING MUHOKAMASI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA: DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA JAVOB: HUDUDDA YIRIK LOYIHALAR VA RIVOJLANISH SUR’ATI
янв.21
FARG‘ONA TUMAN KENGASHI QARORI IJROSI YUZASIDAN MONITORING
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MUAMMO HAL BO'LMOQDA — SUV YETIB BORMOQDA!
янв.21
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
#tavsiyalar_asosida

#tavsiyalar_asosida 

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, deputatlar K. Yodgorova, J. Do‘stov, Sh. Mavlonov, S. Xamrayev, X. Amonov hamda J. To‘rayevlar mahalla yettiligi faoliyatini o‘rganish maqsadida Mahtumquli mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lishdi. Tashrif davomidadeputatlar mahallada amalga oshirilayotgan islohotlar, aholi muammolari va ularning yechimlari bilan yaqindan tanishdilar.

Mahalla yettiligi raisi tomonidan so‘nggi oylarda bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi. Xususan, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ko‘kalamzorlashtirish, yo‘l ta’miri, chiqindilarni olib chiqish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi tadbirlar muhokama qilindi. Shuningdek, mahallada soliq undirish holati alohida ko‘rib chiqildi. Ma’lum bo‘lishicha, yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lib, ayrim fuqarolar soliq to‘lash muddatlarini kechiktirib kelmoqda. Mahalla yettiligi soliq majburiyatlarini tushuntirish va qarzdorlikni bosqichma-bosqich bartaraf etish yuzasidan targ‘ibot ishlarini olib borayotgani qayd etildi.

 Uchrashuv yakunida mahalla yettiligi faoliyatini qonuniy baholash, shuningdek, soliq undirish bo‘yicha ijobiy tajribalarni boshqa mahallalarga tatbiq etish takliflari ishlab chiqildi. Tashrif mahalla aholisi tomonidan ijobiy qabul qilinib, davlat va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 5