Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FARG‘ONADA KADASTR TIZIMI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
YOSHLARNI SPORTGA KENG JALB ETISH VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“YASHIL MAKON” DOIRASIDA YASHIL BOG‘ HOLATI NAZORAT QILINDI
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN HAMKORLIK MUHOKAMASI
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MOZORTAGI MFYDA YO‘L VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARI IJROSI BO‘YICHA MONITORING MUHOKAMASI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA: DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
Hazorasp tuman Axborot-kutubxona markazida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi raisi Quryozov Suxrobbek Matchanovich, Kengash Kotibiyat mudiri Vaisov Mash’al Islomovich hamda tuman Kengashi deputati Qo‘chqarov Shixnazar Yusupovichlar tomonidan Hazorasp tuman 

📁Axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi.

📝O‘rganish jarayonida markaz xodimlarining kundalik ish faoliyati, kitob fondining holati, kitobxonlarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda axborot-resurs xizmatlarining sifati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, markazda aholining, ayniqsa yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

❗️Mas’ullar tomonidan markaz faoliyatini yanada rivojlantirish, kitob fondini boyitish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish hamda kitobxonlar sonini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, mavjud muammolarni bartaraf etish, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

✅Mazkur o‘rganish ishlari hududda axborot-kutubxona xizmatlarini yanada takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1