Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MOZORTAGI MFYDA YO‘L VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARI IJROSI BO‘YICHA MONITORING MUHOKAMASI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA: DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA JAVOB: HUDUDDA YIRIK LOYIHALAR VA RIVOJLANISH SUR’ATI
янв.21
FARG‘ONA TUMAN KENGASHI QARORI IJROSI YUZASIDAN MONITORING
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MUAMMO HAL BO'LMOQDA — SUV YETIB BORMOQDA!
янв.21
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
HUDUDDAGI MADANIYAT MUASSASALARI HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 8-Istiqlol saylov okrugidan saylangan deputat Ashurov Baxodir Maxamadaliyevich oʻzi saylangan okrugdagi “Istiqlol” mahallasidagi ijtimoiy-madaniy faoliyat bilan yaqindan tanishish maqsadida mahalla hududida joylashgan Madaniyat markaziga tashrif buyurdi. Tashrif davomida deputat B.Ashurov madaniyat markazining faoliyati, aholi, ayniqsa yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, turli to‘garak va madaniy tadbirlarni yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Madaniyat bo‘limi xodimlari bilan muassasada tashkil etilgan amaliy to‘garaklar bo‘yicha suxbatlashildi. Shuningdek, deputat tomonidan madaniyat markazining moddiy-texnik bazasi, mavjud sharoitlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi. Hudud aholisi, ayniqsa yoshlar uchun madaniy muhitni yanada yaxshilash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan taklif va mulohazalar bildirildi. 

Slide 1 of 3