Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Mamanova Karomat Oltinko‘l mahallasida yashovchi fuqaroning uy-joy ta’miri uchun yordam so‘rab yo‘llagan murojaati yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish olib bordi.
O‘rganish jarayonida fuqaroning yashash sharoiti, uy-joyining texnik holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur xonadon ta’mirtalab holatda bo‘lib, fuqaroga amaliy yordam zarurligi aniqlandi.
Deputat tomonidan ushbu masalani ijobiy hal etish maqsadida tegishli tashkilot va mas’ullarga murojaat qilish, mavjud imkoniyatlar doirasida yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.