Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MOZORTAGI MFYDA YO‘L VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARI IJROSI BO‘YICHA MONITORING MUHOKAMASI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA: DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA JAVOB: HUDUDDA YIRIK LOYIHALAR VA RIVOJLANISH SUR’ATI
янв.21
FARG‘ONA TUMAN KENGASHI QARORI IJROSI YUZASIDAN MONITORING
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MUAMMO HAL BO'LMOQDA — SUV YETIB BORMOQDA!
янв.21
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
#tavsiyalar_asosida

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari Sh. Isamutdinov, D. Arabova hamda Kengash kotibiyati mutaxassislari I. Ikromov va Z. Temirovalar tomonidan shahardagi kichik sanoat zonasiga tashrif buyurildi.

Maqsad – mahalliy ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishish, tadbirkorlarni tashvishga solayotgan masalalarni joyida o‘rganish va ularni hal etish yo‘llarini belgilash.

Tashrif davomida deputatlar bir qancha ishlab chiqarish maydonlarini aylanib chiqdi. Elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar, yo‘l infratuzilmasining holati, xomashyo yetkazib berishdagi qiyinchiliklar va soliq sohasidagi ayrim muammolar eng ko‘p tilga olingan mavzular bo‘ldi.

Tadbirkorlar o‘z taklif va mulohazalarini bevosita deputatlarga yetkazdi. Shahar Kengashi raisi barcha murojaatlar qayd etilganini va ularning har biri nazoratga olinganini ma’lum qildi. Yaqin kunlarda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Kichik sanoat zonasini rivojlantirish – yangi ish o‘rinlari va shahar iqtisodiyotini mustahkamlashning muhim omili hisoblanadi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 5