Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FARG‘ONADA KADASTR TIZIMI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
YOSHLARNI SPORTGA KENG JALB ETISH VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“YASHIL MAKON” DOIRASIDA YASHIL BOG‘ HOLATI NAZORAT QILINDI
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN HAMKORLIK MUHOKAMASI
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MOZORTAGI MFYDA YO‘L VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARI IJROSI BO‘YICHA MONITORING MUHOKAMASI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA: DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
DEPUTAT VA MAHALLA HAMKORLIGI: XOTIN-QIZLAR MUAMMOLARI E’TIBORDA

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari saylangan hududlarda o‘rganishlar o‘tkazish bo‘yicha savolnomaning 6 bandi (mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi) ijrosini ta’minlash maqsadida shahar Kengashi deputati I.Musayeva “Bo‘ston” mahallasida bo‘lib, mahalla xotin-qizlar faolining ish samaradorligi hamda mahalladagi yashovchi ayollarning ijtimoiy ahvolini o‘rgandi. 

O‘rganish jarayonida deputat I.Musayeva mahalla faoli tomonidan shakllantirilgan ro‘yxatdagi xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan yordam turlari, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarini hamda ishsizayollarning qiziqishlari o‘rganilib, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish borasidagi o‘quv kurslari va markazlar bilan hamkorlik holati ko‘zdan kechirildi. 

Muloqot davomida deputat I.Musayeva mahalla faoliga xotin-qizlar bilan ishlashda faqat raqamlar ortidan quvmasdan, har bir murojaat ortida inson taqdiri turganini inobatga olgan holda, "Mahallabay" ishlash tizimini yanada kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi. 

O‘rganish yakunida mahalla hududidagi boshqa aniqlangan kamchiliklarni ham bartaraf etish va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. 

Slide 1 of 2