Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI FARG‘ONA TUMAN KENGASHI VA KOTIBIYATI TOMONIDAN 2026-YIL 6–10-APREL KUNLARI UCHUN BELGILANGAN ISH REJASI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi faoliyati — haftalik dayjest
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARI IJROSINI MONITORING QILISH
янв.21
FARG‘ONA TUMAN KENGASHI QARORI IJROSI BO‘YICHA SAMARALI MONITORING
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB — AMALIY NATIJALAR YAQQOL KO‘RINISHDA
янв.21
NAVBATDAGI DEPUTATLIK SO‘ROVI — NATIJA VA MAS’ULIYAT USTUVOR!
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHIM MASALALAR KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
DEPUTAT TAShABBUSI: YoShLAR UChUN KITOBXONLIKKA QADAM
Tasdiqlangan uchrashuvlar jadvali asosida navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi

Tasdiqlangan uchrashuvlar jadvali asosida navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi

Bugun Yakkasaroy tumanidagi Hamid Sulaymonov nomli mahallada Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati mudiri Mirkasimov Djasur Alisherovich, Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi raisi, 25-Tafakkur saylov okrugi deputati Sayfullayev Talip Vaxabovich hamda Xalq deputatkari Yakkasaroy tumani Kengashi 20-Tepa saylov okrugi deputati Alimov Obid Karimdjonovich boshchiligida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda “mahalla yettiligi” vakillari, Yakkasaroy tumani hokimligi Uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Sattorov Abdulvosixon Xamidovich, tumandagi kommunal soha mas’ullari hamda mahalla fuqarolari ishtirok etdilar.

Muloqot davomida mahalladagi qator dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. 

Jumladan:

— hududni rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalar, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari ijrosini nazorat qilish; 

—  hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq inspektori va ijtimoiy xodimning belgilangan vazifalarni o‘zaro hamkorlikda bajarishini yo‘lga qo‘yish; 

—  aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi holati;

—  hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi;

— yoshlarning bandligi va ijtimoiy faolligini tya’minlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun grant ajratish;

— yoshlarning bo‘sh vaqtlarida sportga jalb etish;

— nogironligi bo‘lgan yoshlarning bandligini ta’minlash;

— jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan yoki avf etilgan shaxslarni jamiyatga vijtimoiy moslashtirishda tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda manzilli va profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish;

— ijtimoiy reyestrda oilalar ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib chiqib toifalarga ajratish;

— ichimlik suvi, issiq suv va elektr energiyasi ta’minoti;

— boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi;

— ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari, yerto‘lalar hamda atrofining tozaligi va yoritilishi;

— chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va maishiy chiqindilarni saralash tizimini yo‘lga qo‘yish;

— ko‘p qavatli uylar atrofida avtoturargohlar tashkil etish va tartibga solish;

— kanalizatsiya tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash va avariyaviy holatlarning oldini olish;

— ko‘cha va hovlilarda yomg‘ir suvlari oqimini tartibga solish (drenaj tizimini yaxshilash);

— energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etish va energiya samaradorligini oshirish;

— investitsiya dasturini shakllantirish.

Shuningdek, uchrashuvda “mahalla yettiligi” vakillarining hisobotlari tinglanib, faoliyati baholandi.

Uchrashuvda shuningdek Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari A.Adashboyev, D.Abdullajonov, X.Axmedjanovalar ishtirok etdilar.

✅ Qabul davomida fuqarolar o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar. Bu kabi ochiq muloqotlar hududlarda mavjud ijtimoiy va huquqiy masalalarni aniqlash hamda ularni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1