Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI FARG‘ONA TUMAN KENGASHI VA KOTIBIYATI TOMONIDAN 2026-YIL 6–10-APREL KUNLARI UCHUN BELGILANGAN ISH REJASI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi faoliyati — haftalik dayjest
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARI IJROSINI MONITORING QILISH
янв.21
FARG‘ONA TUMAN KENGASHI QARORI IJROSI BO‘YICHA SAMARALI MONITORING
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB — AMALIY NATIJALAR YAQQOL KO‘RINISHDA
янв.21
NAVBATDAGI DEPUTATLIK SO‘ROVI — NATIJA VA MAS’ULIYAT USTUVOR!
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHIM MASALALAR KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
DEPUTAT TAShABBUSI: YoShLAR UChUN KITOBXONLIKKA QADAM
SESSIYA

2026-yil 2-aprel kuni Uchquduq tumani hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda tegishli mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdi.

 Sessiya kun tartibiga kiritilgan muhim masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobot va axborotlari tinglandi:

 2026-yilning o‘tgan 3 oyi davomida tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar;

 “Tashabbusli budjet” doirasida 2026-yil 1-mavsum yakunlariga ko‘ra jamoatchilik tomonidan eng ko‘p ovoz to‘plagan loyihalarni saralash va ularni moliyalashtirish masalalari;

 Tumanda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan olib borilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar;

 Davlat kadastrlari palatasi tuman bo‘limi tizimida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar;

 Aholini ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar.

Shuningdek, Prezident virtual va Xalq qabulxonalari orqali jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlili ham ko‘rib chiqildi.

 Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 10