Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FARG‘ONADA KADASTR TIZIMI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
YOSHLARNI SPORTGA KENG JALB ETISH VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“YASHIL MAKON” DOIRASIDA YASHIL BOG‘ HOLATI NAZORAT QILINDI
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN HAMKORLIK MUHOKAMASI
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MOZORTAGI MFYDA YO‘L VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARI IJROSI BO‘YICHA MONITORING MUHOKAMASI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA: DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILMOQDA.

Toshloq tumani Kengashi deputati R.Matqulov tomonidan 19-Xonariq saylov okrugida olib borilgan o‘rganishlar davomida 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi sport zalining ta’mirtalabligi hamda sport anjomlarining eskirgani aniqlangan. Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida tuman hokimligiga deputat so‘rovi yuborilgan.

Mazkur so‘rovga belgilangan tartibda rasmiy javob taqdim etilib, unda tumandagi og‘ir toifadagi 4 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi ijtimoiy soha obyektlarini Jahon banki grant mablag‘lari hisobidan mukammal ta’mirlash rejalashtirilganligi ma’lum qilingan. Xususan, Xonariq mahalla fuqarolar yig‘ini ham ushbu ro‘yxatga kiritilgan.

Shuningdek, hududdagi 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini 2026-yil davomida to‘liq mukammal ta’mirdan chiqarish belgilangan bo‘lib, mazkur jarayonda maktabning sport infratuzilmasini yaxshilash ham inobatga olinishi qayd etilgan.

Slide 1 of 1