Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FARG‘ONADA KADASTR TIZIMI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
YOSHLARNI SPORTGA KENG JALB ETISH VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“YASHIL MAKON” DOIRASIDA YASHIL BOG‘ HOLATI NAZORAT QILINDI
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN HAMKORLIK MUHOKAMASI
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MOZORTAGI MFYDA YO‘L VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARI IJROSI BO‘YICHA MONITORING MUHOKAMASI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA: DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
#sorov_ijrosi Maktab yonidagi svetofor ta’mirlanib, qayta o‘rnatiladi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati S.Abdug‘aniyev tomonidan Mitan shaharchasidagi 2-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi yonida svetofor o‘rnatish masalasi yuzasidan yuborilgan deputat so‘roviga rasmiy javob berildi.

Murojaatda mazkur hududda joylashgan piyodalar o‘tish joyidagi ko‘chma svetofor nosoz holga kelib olib qo‘yilgani va qayta o‘rnatilmagani sababli, ayniqsa o‘quvchilar xavfsizligi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelayotgani qayd etilgan edi.

Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan berilgan javobda ma’lum qilinishicha, yaroqsiz holga kelgan ko‘chma svetoforni ta’mirlash va qayta o‘rnatish bo‘yicha tuman Yo‘llardan foydalanish korxonasi DMga taqdimnoma kiritilgan.

Qayd etilishicha, ushbu choralar amalga oshirilgach, hududda piyodalar, ayniqsa bolalar xavfsizligi yanada ta’minlanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1