Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FARG‘ONADA KADASTR TIZIMI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
YOSHLARNI SPORTGA KENG JALB ETISH VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“YASHIL MAKON” DOIRASIDA YASHIL BOG‘ HOLATI NAZORAT QILINDI
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN HAMKORLIK MUHOKAMASI
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MOZORTAGI MFYDA YO‘L VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARI IJROSI BO‘YICHA MONITORING MUHOKAMASI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA: DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
Ko’p qavatli uylarda liftlarning xavfsizligi va sifati deputatlar nazoratida. 2-A.Navoiy saylov okrugi deputati L.Avezova hamda 5-Bog’cha saylov okrugi deputati M.Atoyevalar tomonidan ko’p qavatli uylarda liftlarning xavfsizligi va sifati joyiga chiqib o’rganildi.

Ko’p qavatli uylarda liftlarning xavfsizligi va sifati masalasi 2-A.Navoiy saylov okrugi deputati L.Avezova hamda 5-Bog’cha saylov okrugi deputati M.Atoyevalar tomonidan doimiy nazoratga olingan holda joyiga chiqib o’rganildi.

O’rganish jarayonida ko’p qavatli uylardagi lift uskunalarining texnik holati, ularning uzluksiz va xavfsiz ishlashi, profilaktik ko’rik va ta’mirlash ishlarining o’z vaqtida amalga oshirilayotgani atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, liftlarga xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar faoliyati, mas’ul xodimlarning malakasi hamda xavfsizlik talablariga qay darajada rioya etilayotgani ko’rib chiqildi.

Deputatlar tomonidan aholi bilan muloqot o’tkazilib, liftlardan foydalanishda yuzaga kelayotgan muammolar, xususan, tez-tez nosozliklar yuzaga kelishi, ta’mirlash ishlarining kechikishi va ayrim hollarda xavfsizlik talablariga to’liq amal qilinmayotgani yuzasidan fikrlar tinglandi. Mazkur muammolarni bartaraf etish bo’yicha tegishli tashkilotlar oldiga aniq vazifalar qo’yildi.

Jarayonda liftlarning texnik holatini yaxshilash, zamonaviy va xavfsiz uskunalar bilan jihozlash, profilaktik xizmat ko’rsatishni tizimli yo’lga qo’yish hamda aholiga qulay va xavfsiz sharoit yaratish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi. Ayniqsa, eskirgan liftlarni bosqichma-bosqich yangilash va ularning ishlash samaradorligini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlanganidek, liftlarning xavfsiz va barqaror ishlashi aholining kundalik hayotida muhim ahamiyatga ega. Shu bois mazkur yo’nalishdagi ishlar ustidan nazoratni kuchaytirish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda fuqarolar murojaatlariga tezkor munosabat bildirish dolzarb vazifa sifatida belgilandi.

Kelgusida ham ko’p qavatli uylarda liftlar xavfsizligi va sifatiga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilib, aholiga qulay, xavfsiz va ishonchli xizmat ko’rsatishni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
 

Slide 1 of 1