Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI FARG‘ONA TUMAN KENGASHI VA KOTIBIYATI TOMONIDAN 2026-YIL 6–10-APREL KUNLARI UCHUN BELGILANGAN ISH REJASI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi faoliyati — haftalik dayjest
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARI IJROSINI MONITORING QILISH
янв.21
FARG‘ONA TUMAN KENGASHI QARORI IJROSI BO‘YICHA SAMARALI MONITORING
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB — AMALIY NATIJALAR YAQQOL KO‘RINISHDA
янв.21
NAVBATDAGI DEPUTATLIK SO‘ROVI — NATIJA VA MAS’ULIYAT USTUVOR!
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHIM MASALALAR KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
DEPUTAT TAShABBUSI: YoShLAR UChUN KITOBXONLIKKA QADAM
Marg‘ilon shahrida aholi murojaatlari asosida hududlarda mavjud muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar davom etmoqda.

Xususan, avvalroq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan Bobur MFY Sohibkor ko‘chasi fuqarolarining ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq murojaati joyiga chiqib o‘rganilgan edi. O‘rganishlar natijasida muammoni hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-son Farmoni asosida shahar Kengashining tegishli qarori bilan Bobur MFY Sohibkor ko‘chasiga 300 metr uzunlikdagi ichimlik suvi tarmog‘ini tortish uchun zarur mablag‘lar ajratildi.

Shundan so‘ng deputatlar mas’ul tashkilot vakillari bilan birgalikda mavjud holatni muhokama qilib, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat-tahlil ishlarini olib borgan edi.

Bugungi kunda esa mazkur hududda ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari amalda boshlangan bo‘lib, jarayon yana bir bor joyiga chiqib o‘rganildi. Unda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari, Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova hamda O‘EP shahar partiya tashkiloti raisi M.Abdurahmonova ishtirok etdilar.

O‘rganish davomida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari, ularning sifati va belgilangan muddatlarga muvofiqligi atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mas’ullarga ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, ajratilgan mablag‘lardan oqilona foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur ishlar natijasida Sohibkor ko‘chasi aholisi uchun ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanib, fuqarolarning turmush sharoitini yanada yaxshilashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Slide 1 of 7