Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p kvartirali uylarni mukammal ta’mirlash bo‘yicha manzilli reja muhokama qilindi
янв.21
Maktablarda bolajonlar uchun zamonaviy ta’lim muhiti yaratildi
янв.21
Yoshlar siyosati masalalari muhokama qilindi
янв.21
25-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida qurilish ishlari jamoat nazoratida
янв.21
Muammoga munosabat bildirildi
янв.21
"A.Raxmonaliev" 1-uchastkasida sanoat zonasini tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Sayyor qabul — aholi dardu tashvishlarini o‘rganish va hal etishga qaratilgan amaliy muloqot
янв.21
E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadrining ifodasi
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuv — hudud muammolari yechimi yo‘lida
янв.21
Sayyor qabul — aholi muammolariga yechim topish yo‘lida
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Kotibiyat ish rejasiga muvofiq, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 16-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati Zafar Alimovning faoliyati “Deputat bilan bir kun” loyihasi doirasida yoritildi.

Deputat dastavval o‘z saylov okrugi hududidagi “Do‘stlik” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida mahallada ishsiz yoshlarni bandlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ularning bandligini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar hamda mahallaga murojaat qilayotgan fuqarolarni qiynayotgan muammolar muhokama qilindi. Mazkur uchrashuvda viloyat Kengashi deputati Kim Dmitriy ham ishtirok etdi.

Shuningdek, deputat ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar holidan xabar olib, ularning murojaatlari, taklif va muammolarini tingladi.

️Shundan so‘ng deputat hududdagi ta’lim muassasasida bo‘lib, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayoni, bitiruvchi yoshlar uchun tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati hamda ularning kelgusida tanlayotgan oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Slide 1 of 7