Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p kvartirali uylarni mukammal ta’mirlash bo‘yicha manzilli reja muhokama qilindi
янв.21
Maktablarda bolajonlar uchun zamonaviy ta’lim muhiti yaratildi
янв.21
Yoshlar siyosati masalalari muhokama qilindi
янв.21
25-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida qurilish ishlari jamoat nazoratida
янв.21
Muammoga munosabat bildirildi
янв.21
"A.Raxmonaliev" 1-uchastkasida sanoat zonasini tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Sayyor qabul — aholi dardu tashvishlarini o‘rganish va hal etishga qaratilgan amaliy muloqot
янв.21
E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadrining ifodasi
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuv — hudud muammolari yechimi yo‘lida
янв.21
Sayyor qabul — aholi muammolariga yechim topish yo‘lida
Isteʼmolchilar murojaatlari bilan ishlashda yangi yechimlar va jamoatchilik nazorati

Isteʼmolchilar murojaatlari bilan ishlashda yangi yechimlar va jamoatchilik nazorati

 “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish: muammo va yechimlar” mavzusida o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiya doirasida isteʼmolchilar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

️Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini ximoya qilish qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan 15-mart Butunjaxon isteʼmolchilar huquqlari kuniga bag‘ishlangan "Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish: muammo va yechimlar” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada ilmiy tadqiqotchi sifatida xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ziyo Parizod Azamat qizi ishtirok etdi.

️ Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Q.Tursunov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi aʼzosi E.Aslonova, Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik huquqi” kafedrasi professori, yu.f.d. J.Boboyev so‘zga chiqib, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish tizimini yana-da takomillashtirish, raqamli texnologiyalardan keng foydalanish, murojaatlar bilan ishlashda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, shuningdek jamoatchilik nazorati mexanizmlarini kuchaytirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Slide 1 of 5