#Deputat_faoliyati
Xalq deputati B. Shakarov mahalla yo‘lini ta’mirlash masalasini o‘rgandi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati B.Shakarov Tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi direktor o‘rinbosari hamda soha xodimlari bilan birgalikda Gallakor, Kultusin va Nakurt mahallalarini tuman markazi bilan bog‘lovchi yo‘lni ta’mirlash masalasini o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida yo‘lning bugungi holati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar muhokama qilindi. Mazkur yo‘l hudud aholisi uchun muhim ahamiyat kasb etib, qatnov xavfsizligi va qulayligini ta’minlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Deputat tomonidan masalani ijobiy hal etish, yo‘lni sifatli ta’mirlash hamda aholiga munosib sharoit yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)