🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari Shuxratjon Raximov,
Ozodaxon Dadajonova va hudud deputati Ilxomjon Abduraxmonov tomonidan tuman Kengashining
2025-yil 25-avgustdagi VII-11-82-11-163-K/25-sonli qarori ijrosi mahallada joyida
tekshirildi.
🔹 Mazkur qaror asosida deputatlarning
saylov okrugidagi O‘zbekiston mahalla fuqarolar yig‘ini, O‘zbekiston ko‘chasidagi
110 ta xonadon uchun ichimlik suvi tarmog‘i mukammal ta’mirlandi va aholiga toza
va barqaror suv yetkazib berish imkoniyati yaratildi.
🔹 O‘rganish jarayonida ta’mirlash
ishlari sifatli va belgilangan standartlarga muvofiq olib borilgani qayd etildi.
Yangi tarmoq orqali aholi uchun ichimlik suvi uzluksiz va xavfsiz ta’minlanmoqda.
🔹 Deputatlar tomonidan amalga oshirilgan
nazorat tadbirlari aholi turmushini yaxshilash va qabul qilingan qarorlar ijrosini
samarali ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Telegram
| Facebook | YouTube