Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Huquqiy xabardorlik va himoya: Ulug‘bek MFYda hisobot yig‘ilishi
янв.21
Mahallada hisobot va ochiq muloqot
янв.21
Natijadorlik va mas’uliyat — asosiy mezon
янв.21
Deputat tashrifi: muammolar tahlili va amaliy vazifalar belgilab olindi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni o‘rgandi
янв.21
Ichimlik suvi ta’minotida sezilarli samara: deputatlar nazorati
янв.21
Deputat va mahalla faollari uchrashuvi: muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Qaror ijrosi amalda: ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi
янв.21
Farg‘ona tuman Kengashining 19-sessiyasida muhim masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputatlik nazorati: Elektr ta’minotini yaxshilash
Tumandagi mahallalarda “mahalla yettiligi” faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 13-Shabada okrugidan saylangan deputat Muxammadiyeva Barchin Hazratqulovna tumandagi “Yo‘lchi” mahalsida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

“Mahalla yettiligi” xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyati tahlil qilindi. Aholi bilan ishlash mexanizmlari, murojaatlarni qabul qilish tartibi, muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi tomonidan yuritilayotgan hujjatlar, reja-jadvallar va ijro intizomi ham tahlil qilinib, faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. Ayrim masalalar bo‘yicha joyida tushuntirishlar berilib, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

Mahalla yettiligi bilan fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlardagi muammolar bo‘yicha ham joyiga borgan holda o‘rganildi. Masalalarni hal etilishi yuzasidan deputatlik so‘rovlarini tashkilotlarga jo‘natish bo‘yicha vazifa belgilab olindi.

Uchrashuv davomida muloqot o‘tkazilib, mahalla yettiligi a’zolarining ish jarayonida uchrayotgan muammolari tinglandi.

Slide 1 of 7