Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni o‘rgandi
янв.21
Ichimlik suvi ta’minotida sezilarli samara: deputatlar nazorati
янв.21
Deputat va mahalla faollari uchrashuvi: muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Qaror ijrosi amalda: ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi
янв.21
Farg‘ona tuman Kengashining 19-sessiyasida muhim masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputatlik nazorati: Elektr ta’minotini yaxshilash
янв.21
Sifat va narx barqarorligi — deputatlik e’tiborida
янв.21
“Ogoh bo‘ling, firibgar!” – kiberxavflarga qarshi targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Kaptarxonada ta’lim sifati uchun nazorat va rivojlanish ishlari kuchaytirildi
янв.21
Muhim deputatlik so‘rovi yo‘llandi
DEPUTATLIK FAOLIYATIDAN

Xalq deputatlari shahar Kengashidagi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deputati M.Ergashova tashabbusi bilan 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ayol o‘qituvchilar ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining asosiy maqsadlaridan biri – fuqarolarda milliy o‘zlikni anglash, Vatanga sadoqat va muhabbat tuyg‘usini shakllantirish hamda mustahkamlashdan iborat. Aynan shu nuqtai nazardan, uchrashuvda ta’lim tizimidagi islohotlar bilan bir qatorda, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash va yosh avlodga ularni singdirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat M.Ergashova o‘z nutqida o‘qituvchilarning nafaqat bilim beruvchi, balki yosh avlodni tarbiyalash, ularga milliy va oilaviy qadriyatlarni o‘rgatishdagi o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladi. Partiyaning dasturiy vazifalariga muvofiq, sog‘lom oila muhiti, farzand tarbiyasi va ayollarning bu boradagi mas’uliyati haqida fikr bildirildi. 

Tadbir davomida o‘qituvchilar o‘zlarini qiynayotgan muammolar, maktab infratuzilmasi va ijtimoiy sharoitlar haqida fikr bildirishdi. Deputat M.Ergashova barcha taklif va murojaatlarni diqqat bilan tinglab, ularni tegishli idoralarga yetkazish va ijobiy hal etish borasida ko‘maklashishini bildirdi.
Partiya deputatlik guruhlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri – elektorat manfaatlarini himoya qilish va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga hissa qo‘shishdir . Mazkur uchrashuv ham aynan shu maqsadga xizmat qildi. 

Uchrashuv yakunida M.Ergashova barcha ayol o‘qituvchilarni yaqinlashib kelayotgan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabrikladi.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi nomidan u barcha onalar, opa-singillar va qizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt,
farzandlar tarbiyasida omad va ishlarida muvaffaqiyat tiladi.

O‘qituvchilar deputatga samimiy muloqot, e’tibor va bayram tabrigi uchun minnatdorchilik bildirishdi.
Tadbir o‘zaro iliq kayfiyat, milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida va ochiq muloqot tarzida o‘tdi.

Slide 1 of 3