Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Huquqiy xabardorlik va himoya: Ulug‘bek MFYda hisobot yig‘ilishi
янв.21
Mahallada hisobot va ochiq muloqot
янв.21
Natijadorlik va mas’uliyat — asosiy mezon
янв.21
Deputat tashrifi: muammolar tahlili va amaliy vazifalar belgilab olindi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni o‘rgandi
янв.21
Ichimlik suvi ta’minotida sezilarli samara: deputatlar nazorati
янв.21
Deputat va mahalla faollari uchrashuvi: muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Qaror ijrosi amalda: ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi
янв.21
Farg‘ona tuman Kengashining 19-sessiyasida muhim masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputatlik nazorati: Elektr ta’minotini yaxshilash
Burgansoyda deputat va saylovchilar muloqoti bo‘lib o‘tdi

Burgansoyda deputat va saylovchilar muloqoti bo‘lib o‘tdi

⭐️Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashiga 28-Kattaqo‘rg‘on saylov okrugidan saylangan deputat Sherali Yuldashev Kattaqo‘rg‘on tumani, Burgansoy mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

💎 Uchrashuvning asosiy maqsadi aholining kundalik hayotida uchrayotgan muammolarni bevosita joyida tinglash, ularning taklif va tashabbuslarini muhokama qilish hamda ularga yechim topish bo‘yicha choralarni belgilashdan iborat bo‘ldi.

🇺🇿 Deputat uchrashuv davomida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarga to‘xtalib, aholi turmush darajasini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va infratuzilmani rivojlantirish masalalarini keng muhokama qildi.

✅ Fuqarolar bandlik, ijtimoiy yordam, infratuzilma, yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish bo‘yicha taklif va murojaatlarini bildirishdi. Har bir masala deputat tomonidan diqqat bilan tinglanib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topilishi ta’kidlandi.

👍Sherali Yuldashev murojaatlar e’tiborsiz qolmasligi, ular bo‘yicha deputatlik so‘rovlari yuborilishi va nazoratga olinishi haqida ma’lum qildi.

✅Yakunda saylovchilar bunday ochiq va samimiy muloqotlar fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kuchaytirishini ta’kidlab, deputat faoliyatiga ijobiy baho berishdi.

✅Viloyat miqyosida bunday uchrashuvlar aholining muammolarini joyida hal etish va deputatlar faoliyatini yanada samarali qilishga xizmat qilmoqda.

✅ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 4