Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ichimlik suvi ta’minotida sezilarli samara: deputatlar nazorati
янв.21
Deputat va mahalla faollari uchrashuvi: muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Qaror ijrosi amalda: ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi
янв.21
Farg‘ona tuman Kengashining 19-sessiyasida muhim masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputatlik nazorati: Elektr ta’minotini yaxshilash
янв.21
Sifat va narx barqarorligi — deputatlik e’tiborida
янв.21
“Ogoh bo‘ling, firibgar!” – kiberxavflarga qarshi targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Kaptarxonada ta’lim sifati uchun nazorat va rivojlanish ishlari kuchaytirildi
янв.21
Muhim deputatlik so‘rovi yo‘llandi
янв.21
Deputat va xalq muloqoti — muammolar yechimi sari amaliy qadam
9-sinf bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Buxalima Soliyeva tomonidan o‘z saylov okrugi — “Bog‘i-eram” MFY hududidagi 9-sonli umumta’lim maktabida 9-sinf bitiruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalqiga qilgan Murojaatnomasining 4-ustuvor yo‘nalishida belgilangan vazifalar, xususan, 9-sinf bitiruvchilarini bilim darajasi va kasbiy qiziqishlariga qarab saralash tizimini joriy etish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida tashkil etildi.

Uchrashuv mahalla yettiligi hamkorligida o‘tkazilib, o‘quvchilarning kelgusi ta’lim yo‘nalishini to‘g‘ri tanlashi, kasb-hunarga yo‘naltirish va ularning qobiliyatlarini aniqlash masalalari yuzasidan suhbat olib borildi.

Tadbir davomida yoshlarga o‘z ustida ishlash, zamonaviy kasblarni egallash va kelajak rejalarini aniq belgilash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4