#Deputat_axboroti
#Deputatlik_faoliyati
Mahalla yettiligi bilan hamkorlikda deputat Alim Samatovich tomonidan kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolarni aniqlash va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida ehtiyojmand oilalar ro‘yxatini shakllantirish, ularning yashash sharoitini o‘rganish hamda moddiy yordam ko‘rsatish mexanizmlarini belgilash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, homiylik mablag‘lari va mavjud ijtimoiy dasturlar doirasida amaliy yordam ko‘rsatish, jarayonni shaffof va manzilli tashkil etish hamda ijrosini nazoratga olish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.