#Deputat_axboroti
#Deputatlik_faoliyati
Aholining murojaatlari bilan samarali ishlash maqsadida xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputati, shu bilan birgalikda Madad NNT xodimi N.Niyozov tomonidan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida murojaatchilarning ijtimoiy, huquqiy va maishiy masalalarga oid muammolari tinglandi hamda har bir murojaat yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar esa tegishli tashkilot va idoralarga yo‘naltirildi.
Shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari va ijrosini nazoratga olish tartibi belgilandi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish va qonuniy manfaatlarini himoya qilish asosiy maqsad etib belgilandi.