Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ichimlik suvi ta’minotida sezilarli samara: deputatlar nazorati
янв.21
Deputat va mahalla faollari uchrashuvi: muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Qaror ijrosi amalda: ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi
янв.21
Farg‘ona tuman Kengashining 19-sessiyasida muhim masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputatlik nazorati: Elektr ta’minotini yaxshilash
янв.21
Sifat va narx barqarorligi — deputatlik e’tiborida
янв.21
“Ogoh bo‘ling, firibgar!” – kiberxavflarga qarshi targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Kaptarxonada ta’lim sifati uchun nazorat va rivojlanish ishlari kuchaytirildi
янв.21
Muhim deputatlik so‘rovi yo‘llandi
янв.21
Deputat va xalq muloqoti — muammolar yechimi sari amaliy qadam
“Firibgarlikdan saqlaning” targ‘ibot aksiyasi doirasida “Ogoh bo‘ling, firibgar!” mavzusida Mingtepa yoshlari o‘rtasida uchrashuv

“Firibgarlikdan saqlaning” targ‘ibot aksiyasi doirasida

“Ogoh bo‘ling, firibgar!” mavzusida Mingtepa yoshlari o‘rtasida uchrashuv

Mingtepa hududida yoshlar o‘rtasida firibgarlik jinoyatlarining oldini olish, ularni turli aldov va internet firibgarliklaridan ogoh etish maqsadida “Firibgarlikdan saqlaning” targ‘ibot aksiyasi doirasida “Ogoh bo‘ling, firibgar!” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Go‘bayeva Umida Usmonkulovna — Xalq deputatlari Bulungʻur tuman Kengashi 1-Bog‘bon saylov okrugidan saylangan deputati ishtirok etdi va yoshlarni ogohlikka chorladi.

Tadbir davomida mutaxassislar va mas’ullar tomonidan:

  •  Telefon va internet orqali sodir etilayotgan firibgarlik turlari
  •  Soxta kredit va investitsiya takliflari
  •  Bank kartalari bilan bog‘liq xavfsizlik qoidalari
  • Ijtimoiy tarmoqlardagi shubhali havolalar va yolg‘on e’lonlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning savollariga javob qaytarildi hamda real hayotiy misollar orqali firibgarlik holatlaridan qanday himoyalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga ogohlikni oshirish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va shubhali holatlarda darhol tegishli tashkilotlarga murojaat qilish zarurligi yana bir bor eslatib o‘tildi.

Ogoh bo‘ling, firibgarlarga aldanmang!

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi

Slide 1 of 2