Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ichimlik suvi ta’minotida sezilarli samara: deputatlar nazorati
янв.21
Deputat va mahalla faollari uchrashuvi: muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Qaror ijrosi amalda: ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi
янв.21
Farg‘ona tuman Kengashining 19-sessiyasida muhim masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputatlik nazorati: Elektr ta’minotini yaxshilash
янв.21
Sifat va narx barqarorligi — deputatlik e’tiborida
янв.21
“Ogoh bo‘ling, firibgar!” – kiberxavflarga qarshi targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Kaptarxonada ta’lim sifati uchun nazorat va rivojlanish ishlari kuchaytirildi
янв.21
Muhim deputatlik so‘rovi yo‘llandi
янв.21
Deputat va xalq muloqoti — muammolar yechimi sari amaliy qadam
“Bog‘iston” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

“Bog‘iston” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

⏺O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy kengashlar deputatlari va senatorlarning «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati xodimlarining vazifalar taqsimoti hamda deputatlar bilan hamkorlikda ishlash grafik jadvaliga muvofiq, Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi – tuman Kengashi deputati J.Donayev deputatlar U.Xo‘shboqov va Q.Igamberdiyevalar bilan birgalikda tumandagi “Bog‘iston” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

💻O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi a’zolari tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash mexanizmlari, murojaatlarni qabul qilish va muammolarni hal etish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan yuritilayotgan hujjatlar, reja-jadvallar, hisobotlar hamda belgilangan topshiriqlarning ijrosi holati atroflicha o‘rganildi. Tashrif davomida mahalla yettiligi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, hujjatlarni yuritish tartibini takomillashtirish, aholi murojaatlariga tezkor va manzilli yechimlar berish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar belgilandi hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazoratiga olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 7