Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ichimlik suvi ta’minotida sezilarli samara: deputatlar nazorati
янв.21
Deputat va mahalla faollari uchrashuvi: muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Qaror ijrosi amalda: ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi
янв.21
Farg‘ona tuman Kengashining 19-sessiyasida muhim masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputatlik nazorati: Elektr ta’minotini yaxshilash
янв.21
Sifat va narx barqarorligi — deputatlik e’tiborida
янв.21
“Ogoh bo‘ling, firibgar!” – kiberxavflarga qarshi targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Kaptarxonada ta’lim sifati uchun nazorat va rivojlanish ishlari kuchaytirildi
янв.21
Muhim deputatlik so‘rovi yo‘llandi
янв.21
Deputat va xalq muloqoti — muammolar yechimi sari amaliy qadam
Aholi murojaatlari asosida “Istiqlol” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi

Aholi murojaatlari asosida “Istiqlol” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi

💬Aholi bilan o'tkazilgan qabul davomida aholi tomonidan tushgan murojaatlar asosida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Ochildiyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev “Istiqlol” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🗄O‘rganish jarayonida mahalla raisi, profilaktika inspektori, xotin qizlar faoli hamda hokim yordamchisi tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash, murojaatlarni o‘rganish va muammolarni hal etish borasidagi faoliyat atroflicha ko‘zdan kechirildi.

⌨️Shuningdek, mahalla hududida joylashgan Oilaviy shifokorlik punktiga tashrif buyurilib, muassasaning mavjud holati, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, moddiy-texnik ta’minoti hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam holati bilan tanishildi. Shifokorlar bilan o‘tkazilgan suhbat davomida mavjud muammolar, ehtiyojlar va takliflar tinglandi.

🗂Bundan tashqari, mahalla hududidagi eski klub binosi o‘rnida yangidan barpo etilayotgan “Obod saroy” nomli to‘yxona hamda maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ekti bilan tanishilib, qurilish ishlari holati, loyiha doirasida ko‘zda tutilgan sharoitlar va kelgusida aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar haqida ma’lumot olindi.

🖌O‘rganishlar yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda chora ko‘rish, mavjud muammolarni manzilli hal etish hamda ijrosini deputatlik nazoratiga olish belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 8