Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ichimlik suvi ta’minotida sezilarli samara: deputatlar nazorati
янв.21
Deputat va mahalla faollari uchrashuvi: muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Qaror ijrosi amalda: ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi
янв.21
Farg‘ona tuman Kengashining 19-sessiyasida muhim masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputatlik nazorati: Elektr ta’minotini yaxshilash
янв.21
Sifat va narx barqarorligi — deputatlik e’tiborida
янв.21
“Ogoh bo‘ling, firibgar!” – kiberxavflarga qarshi targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Kaptarxonada ta’lim sifati uchun nazorat va rivojlanish ishlari kuchaytirildi
янв.21
Muhim deputatlik so‘rovi yo‘llandi
янв.21
Deputat va xalq muloqoti — muammolar yechimi sari amaliy qadam
Deputatlar faoliyati: hududlarda bevosita o‘rganishlar natijalari

Shundan so‘ng deputatlar A.Avliyakulov va R.Shamanov mahalla hududidagi umumta’lim maktablariga tashrif buyurib, ta’lim muassasalarida yaratilgan sharoitlarni atroflicha o‘rgandilar. Tashrif davomida, eng avvalo, maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi ko‘zdan kechirilib, isitish tizimlarining texnik holati, ularning uzluksiz ishlashi, sinfxonalarda harorat me’yorlari ta’minlanayotgani hamda favqulodda holatlar uchun yaratilgan zaxiralar hamda ehtiyot qismlar va boshqa zarur vositalar mavjudligi batafsil o‘rganildi.

Deputatlar maktab rahbariyati va mas’ul xodimlar bilan uchrashib, mavjud muammolar, ehtiyojlar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, o‘quv jarayonining sifati, sinfxonalar jihozlanishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sanitariya-gigiyena sharoitlari, oshxona va sport zallarining holati ham alohida ko‘zdan kechirildi.

Deputatlar tashrifi yakunida hududdagi maktablarda sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish zarurati alohida ta’kidlandi. Ayniqsa, maktablarda stadion yoki yirik sport maydonchalari yetishmasligi hududdagi o‘quvchilar uchun jismoniy tarbiya va sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgani qayd etildi.

Shu sababli deputatlar tavsiyasi bilan, hududdagi maktablar uchun stadion qurish masalasi “Open Budget” dasturiga kiritish taklifi ilgari surildi. Mazkur taklif bir ovozdan ma’qullandi va amalda dasturga rasmiy ravishda kiritildi.

Sport maydonchalari barpo etish, bu o‘quvchilarga sport bilan muntazam shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va jismoniy rivojlanish imkoniyatlarini kengaytiradi hamda hududdagi ta’lim muassasalarining infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 9