Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi 3-Yangiobod saylov okrugi deputati Gaipov Murtaz Abduazimovichga "Yangiobod" MFY aholisi tomonidan maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketilmayotganligi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan.
Mazkur murojaatlar asosida deputat tomonidan mas’ul tashkilotga maishiy chiqindilarni belgilangan jadval asosida, o‘z vaqtida olib ketilishini ta’minlash bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi.
Deputat so‘rovi yuborilganidan so‘ng, shu vaqtning o‘zida hududdagi to‘plangan maishiy chiqindilar olib ketildi hamda chiqindilarni chiqarish ishlari tartibga solindi.
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlari doimiy nazoratga olinib, ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati