Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Ta’limga e’tibor – kelajakka e’tibor
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va Murojaatnoma ijrosi — taraqqiyotimizning mustahkam poydevori”
янв.21
Saylovchilar bilan yuzma-yuz
янв.21
Prezident Murojaatnomasi — taraqqiyot va ta’lim ravnaqining mustahkam poydevori
янв.21
Murojaatnoma - harakat rejasi, Strategiya - maqsad va natija.
янв.21
Farg‘ona tumanida deputatlik nazorati doirasida tahliliy o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar faoliyatida Prezident Murojaatnomasi ijrosi — ustuvor yo‘nalish
янв.21
Farg‘ona tuman Kengashi huzuridagi doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnomadan ruhlanib.
Deputat faoliyati Murojaat va natija

 Deputatlarning hududlardagi faoliyati xalq bilan bevosita uchrashuv va muloqotlari sabab joylardagi murojaatlarning ijobiy hal qilinayotganini ko‘rish mumkin. Beruniy tumani Shabboz okrugidan saylangan deputat Shuxrat Karimov saylovchilar bilan uchrashuvi davomida “Toza hudud” davlat unitar korxonasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan maishiy chiqindilar olib chiqib ketilmayotgani, bu esa elektr energiyasiga to‘lovlar amalga oshirilmayotgani yuzasidan yo‘llangan murojaat deputat tomonidan hal qilindi. “Toza hudud” davlat unitar korxonasi tomonidan maxsus transportlar Karvon aholi manzilidan haftaning har shanba kuni kelib, maishiy chiqindilarni olib ketishni yo‘lga qo‘ydi.   

 Hududdagi yo‘l bo‘yida avtomobillarning tinimsiz harakatlanishi sabab piyodalar uchun yo‘lak kerakligi bo‘yicha esa deputat so‘rovnomasi yuborilgan. Yaqin kunlar ichida ijobiy hal qilinishiga aholining ishonchi komil. Deputatlar korpusi tomonidan hududlardagi muommolar joriy yilning 2-10 fevral kunlari belgilangan rejaga asosan o‘rganilib, hal qilinishi bo‘yicha korxona, tashkilotlarga deputatlik so‘rovnomalari yuboriladi.   

 Deputat xalq vakili ekan xalq nomidan ko‘tarilgan har bir masalaga mas’uliyat bilan qarash va hal qilish davlat xizmatchilarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Shu o‘rinda Ibn Sino mahallasi Karvon aholi manzilida istiqomatqiluvchi aholi murojaatiga o‘z vaqtida ijobiy yondashgani uchun “Toza hudud” davlat unitar korxonasiga minnatdorlik bildiradi.  

Slide 1 of 5