Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Ta’limga e’tibor – kelajakka e’tibor
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va Murojaatnoma ijrosi — taraqqiyotimizning mustahkam poydevori”
янв.21
Saylovchilar bilan yuzma-yuz
янв.21
Prezident Murojaatnomasi — taraqqiyot va ta’lim ravnaqining mustahkam poydevori
янв.21
Murojaatnoma - harakat rejasi, Strategiya - maqsad va natija.
янв.21
Farg‘ona tumanida deputatlik nazorati doirasida tahliliy o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar faoliyatida Prezident Murojaatnomasi ijrosi — ustuvor yo‘nalish
янв.21
Farg‘ona tuman Kengashi huzuridagi doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnomadan ruhlanib.
Tumanda davlat dasturlariga kiritilgan loyihalar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida «Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish» (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-141-sonli qarori asosida Muzrabot tumani “Yangiyer” MFY va “Buyuk ipak yo‘li” MFYda amalga oshirilayotgan qurilish, ta’mirlash ishlarining bajarilishi bo‘yicha xalq deputatlari tuman Kengashiga 10-Yangiyer saylov okrugidan saylangan deputat T.Tangirov hamda 16-Sho‘rob saylov okrugidan saylangan deputat S.Jumayevalar tomonidan o‘rganildi.

Hozirgi kunda “Yangiyer” MFY quyidagi ishlar bajarilmoqda.

- 30 km elektr tarmoqlarini mukammal ta’mirlash ishlari jadal olib borilmoqda. Elektr tayanchlar to‘liq o‘rnatilib, bugundan kabellarni tortish ishlari olib borilmoqda.

- Asfaltlash ishlari 10 foiz bajarilgan.

- Shag‘al to‘kish ishlari 60 foizga bajarilgan.

- Uchta osma ko‘prikni qurish ishlari boshlanish arafasida.

“Buyuk ipak yo‘li” MFY hududida yangi DMTT qurish va jihozlash loyihasi uchun. 2025-yil dekabr oyida tender savdolari o‘tkazilgan. Ishlarni bajaruvchi tashkilot tomonidan loyiha uchun ajratilgan hududda yer tekislash ishlari amalga oshirilmoqda.

O‘tkazilgan deputatlik nazorati natijasiga ko‘ra mutasaddilarga ishlarning sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 6