Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Ta’limga e’tibor – kelajakka e’tibor
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va Murojaatnoma ijrosi — taraqqiyotimizning mustahkam poydevori”
янв.21
Saylovchilar bilan yuzma-yuz
янв.21
Prezident Murojaatnomasi — taraqqiyot va ta’lim ravnaqining mustahkam poydevori
янв.21
Murojaatnoma - harakat rejasi, Strategiya - maqsad va natija.
янв.21
Farg‘ona tumanida deputatlik nazorati doirasida tahliliy o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar faoliyatida Prezident Murojaatnomasi ijrosi — ustuvor yo‘nalish
янв.21
Farg‘ona tuman Kengashi huzuridagi doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnomadan ruhlanib.
Bugun Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida tuman hokimi Jahongir Nazarov ishtirok etib, joriy yilning 23-yanvar kuni hurmatli Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha 2026-yilda rahbarlar va mahalla raislari oldida turgan asosiy vazifalar yuzasidan tuman aholisi va faollariga murojaat qildi.

Tuman hokimi o‘z murojaatida aholi turmush farovonligini yuksaltirish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash, qurilish va kommunal tarmoqda bunyodkorlik va obodonlashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va eksport imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha joriy yilda ko‘zda tutilgan maqsad va dasturlar haqida batafsil ma’lumot berdi, bu borada amalga oshirilgan ishlarga to‘xtaldi.

Sessiya davomida mahalla faollari, nuroniylar, deputatlar tuman rahbari tomonidan bildirilgan fikrlar, o‘rtaga qo‘yilgan vazifalarni yakdillik bilan qo‘llab-quvvatladilar hamda o'zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Slide 1 of 4