Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Ta’limga e’tibor – kelajakka e’tibor
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va Murojaatnoma ijrosi — taraqqiyotimizning mustahkam poydevori”
янв.21
Saylovchilar bilan yuzma-yuz
янв.21
Prezident Murojaatnomasi — taraqqiyot va ta’lim ravnaqining mustahkam poydevori
янв.21
Murojaatnoma - harakat rejasi, Strategiya - maqsad va natija.
янв.21
Farg‘ona tumanida deputatlik nazorati doirasida tahliliy o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar faoliyatida Prezident Murojaatnomasi ijrosi — ustuvor yo‘nalish
янв.21
Farg‘ona tuman Kengashi huzuridagi doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnomadan ruhlanib.
YANGILANISH

 Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati Bekzod Xusanov rahbarlik qilib kelayotgan 3-gidrometallurgiya zavodida yangi tegirmon ishga tushirildi 

“Kokpatas va Dovgistou oltin konlarida ma’dan qazib olish (III navbati)” investitsion loyihasi asosida 3-gidrometallurgiya zavodida
yiliga 700 ming tonna oltin tarkibli ma’danni qayta ishlash quvvatiga ega 8-maydalash tegirmoni ishga tushirildi. 

“Korxonamizda yangi tegirmonlarni ishga tushirish ishlab chiqarishko‘rsatkichlarini oshirib borishga xizmat qilmoqda. O‘tgan yili
ma’danni qayta ishlash quvvati 10 million tonnadan oshgan bo‘lsa, jamoamiz joriy yilda bu ko‘rsatkichni 10,8 million tonnaga yetkazishni rejalashtirgan”- deydi zavod bosh muhandisi Tolmas Hasanov. 

Ta’kidlash joizki, mazkur maydalash tegirmoni, asbob-uskuna va ehtiyot qismlar mahalliylashtirilib, Navoiy mashinasozlik zavodida tayyorlandi. Qurilish ishlari Zarafshon qurilish boshqarmasi hamda Shimoliy kon boshqarmasi tomonidan
amalga oshirildi. Mazkur tegirmonni ishga tushirishga bag‘ishlangan tadbirda “NKMK” AJ hamda Shimoliy kon boshqarmasi rahbariyati, zavod ishchi-xodimlari ishtirok etishdi 

Slide 1 of 2