Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va Murojaatnoma ijrosi — taraqqiyotimizning mustahkam poydevori”
янв.21
Saylovchilar bilan yuzma-yuz
янв.21
Prezident Murojaatnomasi — taraqqiyot va ta’lim ravnaqining mustahkam poydevori
янв.21
Murojaatnoma - harakat rejasi, Strategiya - maqsad va natija.
янв.21
Farg‘ona tumanida deputatlik nazorati doirasida tahliliy o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar faoliyatida Prezident Murojaatnomasi ijrosi — ustuvor yo‘nalish
янв.21
Farg‘ona tuman Kengashi huzuridagi doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnomadan ruhlanib.
янв.21
#OAVda_biz
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdagi XVII sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Murojaat va taklif deputat nazoratida

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Y. Usmonova Bahor mahallasida fuqarolar murojaatlarini tinglab, mahalla yettiligi bilan muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida bir qator muhim masalalar ko‘tarildi. Jumladan: Bahor mahallasida uylarning raqamlashtirilmagani va ko‘chalarga nomlar berilmagani sababli tez tibbiy yordam hamda boshqa soha vakillari uchun noqulayliklar yuzaga kelayotgani ta’kidlandi. Ibratli mahallasi xotin-qizlar faoli zimmasiga Bahor va Yuksalish mahallalari birgalikda yuklatilgani, bu esa murojaatlar keskin ko‘payishiga olib kelayotgani aniqlandi. Fuqarolar tomonidan Malaka oshirish pedagogik mahorat markazining eski yotoqxona binosini davlat bog‘chasiga aylantirish bo‘yicha taklif bildirilib, hududda davlat bog‘chasiga ehtiyoj yuqoriligi qayd etildi.

Bildirilgan murojaat va takliflar deputat tomonidan nazoratga olinib, tegishli tashkilotlar bilan birgalikda o‘rganilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 1