Uchrashuvda 1-Madaniyat saylov okrugidan saylangan deputat Odilov Asqarali Abduxakimovich nutq so‘zlab, nuroniylar va mahalla faollari bilan birgalikda mahallani rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash, mahallaga qaratilayotgan e’tibor hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Shuningdek, “Ijodkor” mahalla raisi so‘zga chiqib, Prezidentimizning Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarni mahalla fuqarolariga yetkazdi hamda uning mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirish berdi.
Uchrashuv samimiy va foydali ruhda o‘tdi. Bunday muloqotlar jamiyatimiz taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi.