Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va Murojaatnoma ijrosi — taraqqiyotimizning mustahkam poydevori”
янв.21
Saylovchilar bilan yuzma-yuz
янв.21
Prezident Murojaatnomasi — taraqqiyot va ta’lim ravnaqining mustahkam poydevori
янв.21
Murojaatnoma - harakat rejasi, Strategiya - maqsad va natija.
янв.21
Farg‘ona tumanida deputatlik nazorati doirasida tahliliy o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar faoliyatida Prezident Murojaatnomasi ijrosi — ustuvor yo‘nalish
янв.21
Farg‘ona tuman Kengashi huzuridagi doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnomadan ruhlanib.
янв.21
#OAVda_biz
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdagi XVII sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Illatning ildiziga qarshi kurashish – har birimizning burchimiz

Termiz tuman Kengashi deputatlari G. Shafoatova va K. Abdullayeva tomonidan tumandagi tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining ijrosi izchil o‘rganib borilmoqda. Shu doirada deputatlar Termiz tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida bo‘lib, tashkilotda halollik tamoyillarining amal qilinishi, ichki nazorat tizimi va mas’uliyat standartlarining amaldagi holati batafsil tekshirildi.

Ushbu tashrif va tekshiruvlar natijalari O‘zbekiston ovozi gazetasining 2026-yil 21-yanvardagi 3-sonida chop etildi. Deputatlarning faoliyati nafaqat korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishga, balki jamiyatda adolat va oshkoralik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Bu ishlar shuni ko‘rsatadiki, illatning ildiziga qarshi kurashish – har bir fuqaroning, shu jumladan deputatlarning ham burchidir. Korrupsiyaga qarshi ko‘rsatgan har bir tashabbus, tashkilotlarda halollik va mas’uliyatni mustahkamlash, jamiyatimizning rivojlanishiga beqiyos hissa qo‘shadi.

Slide 1 of 2