Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va Murojaatnoma ijrosi — taraqqiyotimizning mustahkam poydevori”
янв.21
Saylovchilar bilan yuzma-yuz
янв.21
Prezident Murojaatnomasi — taraqqiyot va ta’lim ravnaqining mustahkam poydevori
янв.21
Murojaatnoma - harakat rejasi, Strategiya - maqsad va natija.
янв.21
Farg‘ona tumanida deputatlik nazorati doirasida tahliliy o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar faoliyatida Prezident Murojaatnomasi ijrosi — ustuvor yo‘nalish
янв.21
Farg‘ona tuman Kengashi huzuridagi doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnomadan ruhlanib.
янв.21
#OAVda_biz
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdagi XVII sessiyasi bo‘lib o‘tdi
DEPUTATLIK FAOLIYATIDAN

Joriy yilning 27-yanvar kuni Zarafshon shahar Bahor mahallasi hududidagi Tibbiyot texnikumi faollar zalida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti rektori, Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Baxtiyor Mardonov va Xalq deputatlari shahar kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya" raisi, shahar maʼnaviyat bo‘limi rahbari Dilafruz Bahranova tomonidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi, yangilanayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi, undagi maqsad va vazifalar, Prezidentimizning 13-yanvardagi videoselektordagi maʼruzalari to‘g‘risida maʼlumot berildi. Fuqaro va yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglandi.

Slide 1 of 4