Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va Murojaatnoma ijrosi — taraqqiyotimizning mustahkam poydevori”
янв.21
Saylovchilar bilan yuzma-yuz
янв.21
Prezident Murojaatnomasi — taraqqiyot va ta’lim ravnaqining mustahkam poydevori
янв.21
Murojaatnoma - harakat rejasi, Strategiya - maqsad va natija.
янв.21
Farg‘ona tumanida deputatlik nazorati doirasida tahliliy o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar faoliyatida Prezident Murojaatnomasi ijrosi — ustuvor yo‘nalish
янв.21
Farg‘ona tuman Kengashi huzuridagi doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnomadan ruhlanib.
янв.21
#OAVda_biz
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdagi XVII sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 24-"Tolbuloq" saylov okrugidan saylangan deputat Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna o‘z okrugiga qarashli “Tolbuloq” va “Fayzobod” mahallalarda bo‘lib, aholi bilan bevosita muloqot qildi hamda ularni qiynab kelayotgan muammo va takliflarni o‘rgandi. Uchrashuvlar davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy soha, infratuzilma, bandlik, kommunal xizmatlar va boshqa yo‘nalishlarga oid murojaatlar bildirildi. Deputat barcha murojaatlarni qayd etib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’kidladi. Shuningdek, bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish va joylardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlashda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi. 

Slide 1 of 6