Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi 23-yanvar kuni o‘tkaziladi 📣

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi 23-yanvar kuni o‘tkaziladi 📣

 

⭐️ Bu haqda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisi Sh.Negmatovning bugun, 20-yanvarda qabul qilgan "Xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, yigirma beshinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:

• Viloyatda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish, omillarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilgan choralar bo‘yicha viloyat Prokurori M.Eshnazarovning axboroti;

• O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-59-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand shahri bo‘yicha ishlab chiqilgan transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish Bosh rejasiga asosan 2024-2025-yillarda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha viloyat Transport boshqarmasi boshlig‘i R.Tojiyevning hisoboti;

• Samarqand viloyatining Jomboy, Pastdarg‘om, Narpay tumanlaridagi samarasiz kichik sanoat zonalarini tugatish to‘g‘risida;

• Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2020-yil 26-iyundagi “Payariq tumani va Kattaqo‘rg‘on shahrida kichik sanoat zonalari tashkil etish to‘g‘risida” 63/10-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;

• Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2025-yil 2-maydagi “Viloyatdagi ayrim mahalla fuqarolar yig‘inlarini optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VII-11-67-7-0-K/25-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;

• o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida;

• Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2025-yil 20-avgustdagi VII-16-127-7-0-K/25-son, 26-sentabrdagi VII-17-143-7-0-K/25-son, 10-oktabrdagi VII-18-152-7-0-K/25-son, 31-oktabrdagi VII-19-165-7-0-K/25-son, 18-noyabrdagi VII-20-168-7-0-K/25-son hamda 9-dekabrdagi VII-22-183-7-0-K/25-son qarorlarining ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;

• Osiyo taraqqiyot banki (OTB) bilan hamkorlikda “Institutsional va ijtimoiy infratuzilma binolarini “yashil” qayta jihozlash” bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida;

• Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan birgalikda “Jamoat binolarida energiya samaradorligini oshirish (bog‘chalar, maktablar, shifoxonalar)” va “Sanoat korxonalarida energiya samaradorligini oshirish” (ikki bosqichli qarz) ishlab chiqilgan loyihalar konsepsiyalarini tasdiqlash to‘g‘risida;

• O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil 27-dekabrdagi “Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida” PQ-392-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida;

• Xalq deputatlari viloyati Kengashi deputatlari tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida;

• O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 22-dekabrdagi “Xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlari kotibiyatlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi KQ-284-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida;

• Samarqand viloyati hokimligi boshqaruv apparatining yangilangan tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida;

• viloyat hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida; 

⚡️

 @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 1