✅ Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati G.Islamova tomonidan Oqoltin tumani Axillik mahallasining yettiligi va saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
✅ Uchrashuvda ayni paytda respublikamizda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayoni boshlanganini inobatga olib aholini roʻyxatga olish tadbirlariga bagʻishlangan, ularni faollikga chorlovchi targʻibot uchrashuvlarni tashkil etish boʻyicha kelishib olindi.
✅ Undan tashqari mahalla aholisi tomonidan mahallaning ayrim koʻchalarini taʼmirlash ishlari oxiriga yetkazilmay qolganligi toʻgʻrisisidagi murojaatlari haqida gaplashib, taʼminlash ishlarini oxiriga yetkazish choralarini koʻrish zarur ekanligi haqida gaplashib olindi
✅ Deputat muammo va takliflar ijrosini tegishli mutasadi rahbarlar bilan hamkorlikda hal qilish choralarini ko‘rishni ta’kidladi.
✍️ Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.