Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va Murojaatnoma ijrosi — taraqqiyotimizning mustahkam poydevori”
янв.21
Saylovchilar bilan yuzma-yuz
янв.21
Prezident Murojaatnomasi — taraqqiyot va ta’lim ravnaqining mustahkam poydevori
янв.21
Murojaatnoma - harakat rejasi, Strategiya - maqsad va natija.
янв.21
Farg‘ona tumanida deputatlik nazorati doirasida tahliliy o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar faoliyatida Prezident Murojaatnomasi ijrosi — ustuvor yo‘nalish
янв.21
Farg‘ona tuman Kengashi huzuridagi doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnomadan ruhlanib.
янв.21
#OAVda_biz
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdagi XVII sessiyasi bo‘lib o‘tdi
MUNOSABAT

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida o‘tgan 9 yil mobaynida erishilgan marralar, 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2026-yil rejalari va keyingi 5 yillikda ko‘zlangan maqsadlar haqida ma’ruza qilib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi asosiy ustuvor yo‘nalishlarni belgilab berdilar.

Bugungi global iqlim o‘zgarishlari, suv resurslarining qisqarishi va havoning ifloslanishi kuchayib borayotgan sharoitda Murojaatnomada ekologiya masalalariga alohida e’tibor qaratilgani bejiz emas. Bu — atrof-muhitni asrash endilikda alohida yo‘nalish emas, balki davlat siyosatining ajralmas qismi ekanini anglatadi.

Prezidentimiz rivojlanishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari bu iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, huquqiy, siyosiy hamda xalqaro jabhalarni o‘z ichiga olgan aniq yo‘l xaritasi ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.

Yurtboshimizning el-yurt ravnaqi yo‘lida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishda barchani birdamlikka chaqirib, ayniqsa, xalq vakillari bo‘lmish Kengashlarga ishonch bildirganliklari biz deputatlar uchun ham katta mas’uliyat yuklaydi.

Xususan, 2026-yilda ekologiya sohasiga 1 trillion 900 milliard so‘m yo‘naltirilishi, sanoat korxonalarida filtr va ekologik monitoring tizimlarini joriy etish, avtotransportdan chiqayotgan zararli gazlarni kamaytirishga qaratilgan ekologik stikerlar tizimi, elektromobillar va jamoat transportini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar toza havo va sog‘lom muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, “yashil makon” va “yashil devor”lar barpo etilishi, Orolbo‘yi hududlarida keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilishi ekologik xavfsizlikni mustahkamlash, aholi salomatligini muhofaza qilish va hududlarning mikroiqlimini yaxshilashga qaratilgan muhim tashabbuslardir.

Xalq deputatlari Namangan tuman Kengashi deputati:

Muhayyo Xudayberdiyeva