Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va Murojaatnoma ijrosi — taraqqiyotimizning mustahkam poydevori”
янв.21
Saylovchilar bilan yuzma-yuz
янв.21
Prezident Murojaatnomasi — taraqqiyot va ta’lim ravnaqining mustahkam poydevori
янв.21
Murojaatnoma - harakat rejasi, Strategiya - maqsad va natija.
янв.21
Farg‘ona tumanida deputatlik nazorati doirasida tahliliy o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar faoliyatida Prezident Murojaatnomasi ijrosi — ustuvor yo‘nalish
янв.21
Farg‘ona tuman Kengashi huzuridagi doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnomadan ruhlanib.
янв.21
#OAVda_biz
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdagi XVII sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabr kuni xalqimizga yo‘llagan murojaati mamlakat taraqqiyotining muhim ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. Ushbu murojaatda iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy barqarorlik bilan bir qatorda, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlik masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgani ahamiyatlidir. 

Ekologiya partiyasi deputati sifatida ta’kidlamoqchimanki, Prezident murojaatida ilgari surilgan ekologik tashabbuslar tabiatni asrash, aholi salomatligini muhofaza qilish va kelajak avlod uchun sog‘lom muhit yaratishga qaratilgan. Ayniqsa, yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, chiqindilarni kamaytirish, suv va havo resurslarini muhofaza qilish borasida belgilangan vazifalar bugungi kun talablariga to‘liq javob beradi. 

Prezident murojaati jamiyatning barcha qatlamlarini, jumladan davlat organlari, jamoatchilika fuqarolik jamiyati institutlarini ekologik mas’uliyatni oshirishga chorlaydi. Bu esa Ekologiya partiyasining dasturiy maqsadlari bilan uyg‘un ekanini ko‘rsatadi. 

Ekologiya partiyasi Prezident tomonidan belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishda qonunchilik tashabbuslari, jamoatchilik nazorati va aholi bilan ochiq muloqot orqali faol ishtirok etishga tayyor ekanini bildiradi. 

Prezident murojaatida belgilangan maqsadlar yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lida mustahkam dastur bo‘lib xizmat qiladi deb hisoblayman. 

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati B.Bekniyazov.