Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

♿️ 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati G.Xudoyberganova bugun bog‘cha yoshidagi nogironligi bo‘lgan bolalarning holidan xabar oldi, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi 👶✨

Tashrif davomida:

maxsus ta’lim dasturlari; 📚

reabilitatsiya jarayonlari; 🧩

logoped, defektolog va psixologlar faoliyati; 👩‍🏫

ijtimoiy moslashuv mashg‘ulotlari; 🤝

sog‘liqni tiklashga mo‘ljallangan infratuzilma 🏥 batafsil ko‘rib chiqildi.

Deputat tomonidan mavjud ehtiyojlar bo‘yicha qo‘shimcha yordam ko‘rsatish, zarur jihozlar bilan ta’minlash va yanada qulay sharoit yaratish yuzasidan taklif va topshiriqlar berildi 📝

Nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning jamiyatga faol integratsiyasini ta’minlash doimiy e’tiborimizda 🕊

Slide 1 of 3